Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Dilmurod Nasimov, "Siz Samarqandning birodar shaharlarini bilasizmi?" tanlovi g‘oliblari, ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijiy talabalar, yoshlar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Pres-tur doirasida ishtirokchilar Samarqandning tarixiy-me’moriy obidalari, boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilma obyektlari hamda turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Samarqand shahrining dunyoning 30 dan ortiq shaharlari bilan o‘rnatilgan birodarlik aloqalari, ushbu hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, madaniy almashinuv dasturlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida yoshlar va OAV vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilib, xalq diplomatiyasini rivojlantirish, madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash, yoshlarning xalqaro maydondagi faolligini oshirish hamda axborot almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Dilmurod Nasimov bunday xalqaro uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, Samarqandning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday loyihalar turli mamlakatlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xalq diplomatiyasini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdilar.

Slide 1 of 6