Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi

 "Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi 

  

Yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" amaliy chora-tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Nabiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Yursunov hamda yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirokida 29-umumta'lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli o'tkazish, ularni
sport, madaniyat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari hamda turli to‘garak va tanlovlarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4