🔰 Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Mahmud Nazarov tomonidan hududlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganishlar davomida "Obod to‘qimachi" mahallasi hududida joylashtirilgan tashqi reklama bannerlari va e’lonlarning "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Monitoring natijasida amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq javob bermaydigan, o‘rnatish tartibiga rioya etilmagan hamda imlo xatolari mavjud bo‘lgan ayrim reklama bannerlari va e’lonlar aniqlandi.
🔹 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlar va mas’ul shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qonun talablariga rioya etish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.