"Ochiq budjet" doirasida amalga oshirilayotgan yo‘lni asfaltlash ishlari deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati G.Mirbabayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 666-sonli "Tashabbusli budjet ("Ochiq budjet") jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Toshloq mahallasida amalga oshirilayotgan yo‘lni asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida "Ochiq budjet" portalida g‘olib deb topilgan loyiha asosida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari, qurilishning sifati, foydalanilayotgan materiallarning talab darajasida ekani hamda ishlarning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, asfaltlash ishlari yakunlangach, mahalla aholisining xavfsiz va qulay harakatlanishi, transport qatnovi yaxshilanishi hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!