Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga begʻaraz huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning huquqiy bilim va tushunchalarini oshirish, mavjud murojaat va muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3