Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar tuman Kengashi deputatlari B.Bo‘tayeva, Q.Igamberdiyeva va D.Xoliqovalar bilan birgalikda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tumanda aholining turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot jarayonida aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosi hamda bandlik ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Nazorat_tahlil

Slide 1 of 3