Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputat mahallada!



🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamda “Oxshix” mahalla fuqarolar yig‘inining “mahalla yettiligi” a’zolari va qishloq vakillari hamkorligida “Oxshix” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
🛫Tadbir davomida mahallaga biriktirilgan profilaktika inspektori tomonidan jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari, ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida hisobot berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🛫Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan mahallada jinoyatchilikning oldini olishda sektorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “mahalla yettiligi” hamda keng jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Ayniqsa, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalar holatini o‘rganish va yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🛫Uchrashuv yakunida hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan muloqotlarni muntazam tashkil etish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
🛫Bunday uchrashuvlar mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6