Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
#deputat_faoliyati

Deputat so‘rovi asosida yo‘l muammosi hal etildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H.Qarayeva tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv davomida aholi tomonidan ichki yo‘llarning nosoz holati bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Unda fuqarolar mazkur yo‘lning ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladilar.
⚡️Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida deputat H.Qarayeva tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi rahbari M.Hamroyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rov asosida mas’ul tashkilot mutaxassislari muammo mavjud hududga chiqib, holatni joyida o‘rgandilar.
⚡️Olib borilgan o‘rganishlar natijasida yo‘lning ta’mirtalab qismida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada yo‘lning texnik holati yaxshilanib, aholi va transport vositalari uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.
⚡️Ushbu amaliy ish deputatlar tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish borasida olib borilayotgan tizimli faoliyatning yana bir namunasi bo‘ldi.
⚡️Fuqarolar o‘z murojaatlariga ijobiy yechim topilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, muammoni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatgan deputat va mas’ul tashkilot xodimlariga minnatdorlik izhor etdilar.

Slide 1 of 3