Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputat so'rovi
#deputat_soʻrovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Shapiyev Bekbergen Abdreymovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Qushchilik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida gaz bosimining kamayib ketishi sabablari haqida ma’lumot berishni va bu masalani ijobiy hal qilishda amaliy yordam berish yuzasidan rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1