Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi:
- Yashnobod tuman Adliya bo‘limining 2026-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida axboroti;
- Yashnobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish borasida 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
- Yashnobod tumanida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish va natijalarini muhokama qilish masalalari to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2025-yil 19-maydagi Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi III-13-67-14-203-K/25-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Yashnobod tumanida “Yoshlar daftari” va “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida;
- Yashnobod tumanida 2026-yil 1-chorak yakunlariga ko‘ra mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
- Yashnobod tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.