Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
UCHTEPA TUMANI AHOLISINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH HOLATI HAMDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITISH MAQSADIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

UCHTEPA TUMANI AHOLISINI ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLASH HOLATI HAMDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITISH MAQSADIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🗂 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ–81-son hamda 2022-yil 11-maydagi PQ–240-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari yuzasidan tizimli monitoring tadbirlari amalga oshirilmoqda.

📊 Ana shunday o‘rganishlardan biri Uchtepa tumani suv tarmoqlari bo‘limida tashkil etildi. O‘rganish davomida tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, murojaatlar bilan ishlash holati hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

🥺 Mutasaddilar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi 67 mingdan ortiq xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, ichimlik suvi bilan qamrov darajasi 100 foizni tashkil etadi. Ichimlik suvi tarmoqlarining umumiy uzunligi 367,6 kilometrni tashkil etadi.

🔼 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 9 ta mahallaning 11 ta ko‘chasida 1 860 pogon metr eskirgan ichimlik suvi quvurlari yangisiga almashtirilgan. Natijada 651 ta xonadonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinib, suv ta’minoti sifati yaxshilangan. Shuningdek, dastur asosida rejalashtirilgan 5 ta yong‘in gidranti to‘liq o‘rnatilib, 3 ta mahalladagi 14 ta nosoz yopqich yangisiga almashtirilgan.

💼 O‘rganish jarayonida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va xizmat faoliyatida halollik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha muntazam targ‘ibot ishlari olib borilayotgani qayd etildi. To‘lovlarni qabul qilishda naqd pul aylanmasiga yo‘l qo‘yilmasdan, barcha hisob-kitoblar bank muassasalari va bankomatlar orqali amalga oshirilayotgani, bu esa moliyaviy shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

📆 Shuningdek, fuqarolar va tashkilotlar vakillarini qabul qilishning aniq jadvali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi. Mahsulot va xizmatlar xaridi bo‘yicha shartnomalar tuman bo‘limi darajasida amalga oshirilmasligi, mazkur jarayonlar “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ tomonidan markazlashgan holda tashkil etilishi korrupsion xavflarni kamaytirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

📇 O‘rganish tadbirida doimiy komissiya raisi Abdushukurov Abdurashid Abdurahimovich, doimiy komissiya a’zosi Xamitova Galina Gennadyevna, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich va kotibiyat bosh mutaxassisi Abilov Umidbek O'tkirovichlar  ishtirok etib, sohadagi mavjud holat hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar bilan tanishdi. Shuningdek, Uchtepa tumani suv tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i Djurayev Shuhratjon Yunus o‘g‘li tomonidan tumanda ichimlik suvi ta’minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, murojaatlar bilan ishlash holati hamda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.

📁 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masalani xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Slide 1 of 5