Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Amir Temur MFY hududida hokim yordamchisi faoliyati Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirokida joyiga chiqilgan holda o‘rganildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi bilan birgalikda hududda Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan ko‘cha holati ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholi bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘chani zamonaviy talablar asosida tashkil etish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4