Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGICHEK MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
TUMANDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK BO‘YICHA QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
TUMAN KENGASHI DEPUTATI VA KADASTR AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TOLMOZOR MAHALLASIDA MANZILLI IJTIMOIY YORDAM ISHLARI BILAN TANISHILDI
📌 “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔍 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori hamda “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

⚽️ Xususan, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ommaviy sportga keng jalb etish, sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, mahalladagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.