Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
#deputatlik_faoliyati

📚#deputat_faoliyati

#Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📚 Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 11-Xalqobod saylov okrugi deputati Zulyarova Dilorom Xolmurodovna, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Baxovadinov Baxtiyor Shahobitdinxo'jayevich, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan "Do'stlik" MFY hududidagi 42-ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxonasi faoliyati va sharoitlarini o‘rganildi.

O‘rganish davomida:
📖 Kutubxona holati
Kutubxonadagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kitoblarning saqlanish holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud adabiyotlar soni va yangi kitoblarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganildi.

👩‍🏫 Mas’ullar bilan muloqot
Kutubxonachi va maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

🪑 Sharoitlar va infratuzilma
Kutubxonada o‘quvchilar uchun yaratilgan o‘rindiqlar, yoritish tizimi va umumiy qulayliklar holati ko‘rib chiqildi. Zarur jihozlarni yangilash masalalari muhokama qilindi.

✍️ O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar nazoratga olinishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2