Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“Oltinsoy” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“Oltinsoy” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi “Oltinsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda tuman Kengashi deputati U.Fayziyeva, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda partiya vakillari ishtirok etdi.

📝 Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, hudud aholisini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mahalladagi futbol maydonchasining ta’mirtalab holga kelgani, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidagi kamchiliklar, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar hamda infratuzilmaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

📁 Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport maydonlarini ta’mirlash va hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, elektr ta’minotidagi nosozliklar va uzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📉 Mazkur sayyor qabul Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari, jumladan aholi bandligi, sport infratuzilmasi holati, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi hamda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni joyida o‘rganish va hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🗣 Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilot va mutasaddilarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi. Deputat Luiza Hikmatova tomonidan hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7