Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA YETAKCHILAR KO‘CHASI INFRATUZILMASI O‘RGANILDI
Haftalik_ish_reja_ijrosi

Haftalik_ish_reja_ijrosi

Nazorat tadbirlari va tahlillar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tomonidan hududdagi 3-son oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida muassasaning faoliyati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifati deputat tomonidan atroflicha o‘rganildi. Jarayon davomida katta hamshira Xudoyberdiyeva Kumush tomonidan muassasadagi ro‘yxatga olish tizimi, fuqarolar qabuli va mavjud imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda shifokor qabuli uchun 80 nafarga yaqin fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy elektron navbat monitori tizimi joriy etilgani xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, deputat muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat olib borib, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash jarayonlari yuzasidan ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Katta hamshira tomonidan aholiga 70 turdagi dori-darmonlar muntazam yetkazib berilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Nazorat tadbiri davomida aniqlangan holatlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi deputat nazoratida ekani qayd

Slide 1 of 1