Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGICHEK MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
TUMANDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK BO‘YICHA QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
TUMAN KENGASHI DEPUTATI VA KADASTR AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TOLMOZOR MAHALLASIDA MANZILLI IJTIMOIY YORDAM ISHLARI BILAN TANISHILDI
Aholi bandligini ta’minlash holatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ta’lim muassasalariga malakali kadrlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida bo‘lim mutasaddilari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, yosh mutaxassislarni ta’lim muassasalariga jalb qilish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔵Deputat tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ishsiz fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va ularni munosib mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🔵Ta’kidlanganidek, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasi doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1