Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev tomonidan “Tomdibuloq” OFYda soliq inspektori faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududda soliq intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq tushumlarini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tizim samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3