Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi

Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tumani hokimi Orzumurod Umarov “Tomdibuloq” OFY hududida joylashgan Yoshlar bog‘ida bo‘lib, hududdagi sug‘orish tizimining holati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bog‘ni obodonlashtirish, yashil hududlarni saqlash hamda daraxt va ko‘chatlarni samarali parvarish qilishda sug‘orish tizimining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va tizim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3