Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi

Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kayipova “Qulumbet” ovulidagi 10-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, sinf xonalari hamda infratuzilma holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5