Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tumanning chekka hududlarida bolalarning bog‘cha qamrovi yaxshilanadi

Tumanning chekka hududlarida bolalarning bog‘cha qamrovi yaxshilanadi

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov, Kengash kotibiyati xodimlari, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidag”gi PQ-141-sonli qarori asosida Shifobuloq mahallasida qurilayotgan DMTTning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

✅ Mahallada ushbu qaror asosida 90 o‘rinli DMTT binosi qurilishi nazarda tutilgan. Ushbu qurilish jarayoni 8 oy davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda qurilish ishlarida ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati deputatlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Qurilish jarayoni tezlashtrish va o‘z muddatida sifatli topshirish maqsadida ushbu hududdan saylangan deputat tomonidan tuman hokimligi va mutasaddi rahbarlarga deputatlik so‘rovi orqali murojaat qilish belgilandi.

Slide 1 of 4