Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Zomin tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Zomin tumani hokimligida Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab tuman prokuraturasi tomonidan hududda jinoyatchilikni jilovlash va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi holati bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi alohida muhokama qilinib, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, tumandagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari uchun yoqilg‘i xarajatlariga mablag‘ ajratish, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorga o‘zgartirish kiritish, sud hujjatlari ijrosini ta’minlash uchun davlat boji to‘lovlariga mablag‘ yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida ijtimoiy soha ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zarur inventar va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, shuningdek, 1-guruh nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonlarini energiya tejamkor holatga keltirish uchun mablag‘ ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini yaxshilash, og‘ir toifadagi hududlarda zamonaviy sharoitlar yaratish, sport maktabini qo‘llab-quvvatlash hamda “Ochiq budjet” portali orqali g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish masalalari ham muhokama etildi.

Sessiyada “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun suv limitini tasdiqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur sessiya — qog‘ozdagi rejalar emas, amaliy natijaga yo‘naltirilgan qarorlar maydoni bo‘ldi. Hudud rivoji esa aynan shunday aniq va mas’uliyatli yondashuvdan boshlanadi.

Slide 1 of 4