Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
#deputatlik_faoliyati #Kengash_faoliyati #xalq_murojaatlari

💬Ekologiya partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengashi deputati Utegenov Azat Alimbaevichning "Ustyurt" OFY hududida joylashgan 21-sonli maktab binosida hudud aholisiga 2026-yil I choragi davomida deputatlik faoliyati bo'yicha hisobot berdi. Shuningdek O'zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston Respublikalarida qabul qilingan so‘nggi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqida keng tushuncha berdi.

📑Qabul davomida hudud aholisi tomonidan fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalari bo'yicha bir qancha murojaatlar kelib tushdi.

📩Bildirilgan murojaatlar yechimi bo'yicha tegishli tartibda o'rganish ishlari olib borilishi hamda tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

🗂Shuningdek uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida o'rganish ishlari olib borildi. 

✍️Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3