Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yodgor Sag‘diyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Yodgor Sagdiyev Olmazor tumanidagi “Chig‘atoy Darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

📝 Unda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva, Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D. Ravshanbekov, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

🔎 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganilgani va amaliy choralar ko‘rilganini ta’kidladi. Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarini tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ilgari surganini qayd etdi.

💡 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

📉 Shuningdek, deputat tomonidan hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularni ijobiy hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani ta’kidlandi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar olib borilishi, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida qayd etildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10