Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
XONOBOD MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI MANZILLI O‘RGANILDI
янв.21
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA
янв.21
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
INFRATUZILMA LOYIHALARINING IJROSI DEPUTATLAR EʼTIBORIDA
янв.21
YUQORI QO‘RG‘ONCHA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi
Hamkorobod mahallasida ayollar masalalari o‘rganildi

Hamkorobod mahallasida ayollar masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sanjar Sobirjonov, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Gulirano Azimova hamda O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Kosimova tomonidan Hamkorobod mahallasida ayollar masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularni qiynab kelayotgan muammolar, bandlik, salomatlik, oilaviy masalalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

Hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1