Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushayotgan murojaatlarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida tizimli ishlar davom etmoqda.

Xususan, Senatningn Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova tomonidan Mirishkor tumanida tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tadbirkorlikka oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Eng muhim jihati — murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralarining ko‘rilgani bo‘ldi.

🔺Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doir murojaatlar yuzasidan tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov tomonidan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Bu esa hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

😄 E’tiborlisi, fuqarolar tomonidan amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ham ilgari surildi. Ushbu tashabbuslar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va qonun ijodkorligi jarayonida inobatga olinishi alohida qayd etildi.

🔺Shuningdek, qo‘shni tumanlardan, jumladan Kasbi tumanidan Senatga murojaat yo'llagan fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda o'rganilib, yechimi yuzasidan aniq tavsiyalar berilib, tezkor va shaffof axborot taqdim etish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6