Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputatga kelib tushgan murojaat o‘rganildi

Murojaatda mahalla raisi X. Tursunqulov boshchiligidagi faollar tomonidan Lolazor mahallasining Usta Quli ko‘chasida olib borilgan yo‘l qurilish ishlari natijasida ushbu ko‘chada joylashgan 22-xonadon piyodalar yo‘lakchasiga 3 metr chiqib ketgani sababli mazkur xonadon “snos”ga tushgani hamda shahar hokimligi balansiga olingani ma’lum qilingan.

Shuningdek, murojaatda mahalla markazi binosining eskirganligi bois, mahalla “yettiligi” a’zolari o‘z faoliyatini tor va noqulay sharoitda, bitta xonada olib borishga majbur bo‘layotgani qayd etilgan.

 Shu munosabat bilan murojaatchilar tomonidan mazkur 22-xonadonning qolgan qismini vaqtincha mahalla ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat berish masalasi ko‘tarilgan.

 Deputat tomonidan mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda qonuniy yechim topish bo‘yicha choralar ko‘riladi.