Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996-yildagi 265-I-sonli qonuni targ‘iboti haqida

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni, 29.08.1996-yildagi 265-I-sonli qonuni targ‘iboti haqida

Joriy yilning 16-mart kuni Xalq deputatlari tuman Kengashida tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla faollari ishtirokida Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni targ’iboti bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayaev ushbu qonun bo’yicha tushunchalar berdi.

Fuqarolar sogʻligʻini saqlash — jamiyatdagi har bir insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan sogʻlom boʻlishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Bu masala tibbiyot, taʼlim, davlat siyosati va jamiyat madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Sogʻliq — faqat kasallik yoʻqligi emas, balki toʻliq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir.

Kasalliklarning oldini olish (profilaktika) Sogʻliqni saqlashning eng muhim yoʻnalishi — kasalliklarni davolashdan ko‘ra ularning oldini olishdir. Profilaktika quyidagilarni o‘z ichiga oladi, emlash (vaksinatsiya),muntazam tibbiy ko‘riklar,sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish,yuqumli kasalliklarni nazorat qilish muhim bo‘lgan.

Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish Fuqarolar sogʻligʻi ko‘p jihatdan ularning kundalik hayot tarziga bogʻliq. Sogʻlom turmush tarzi quyidagilarni o‘z ichiga oladi, to‘g‘ri ovqatlanish,jismoniy faollik (sport bilan shugʻullanish),zararli odatlardan voz kechish (chekish, spirtli ichimliklar)ni istemol qilmaslik to’grisida tushunchalar berdi.

Shuningdek Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga joylarda o’z saylov okruglarida ushbu qonun bo’yicha tushunchalar va targ’ibot tashviqot tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Xulosa o’rnida:

Fuqarolar sogʻligʻini saqlash — bu davlat, tibbiyot tizimi va har bir insonning birgalikdagi masʼuliyatidir. Profilaktika, sogʻlom turmush tarzi, sifatli tibbiy xizmat va ekologik muhit jamiyat salomatligini taʼminlashning asosiy omillaridir.

Slide 1 of 5