Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sayyor qabul

"Baxmal" mahallasida sayyor qabul: muammolar joyida hal etilmoqda.

Joriy yilning 3-mart kuni Bo‘ka tumanining “Baxmal” mahallasida tuman hokimi S. Isakulov hamda 22-Baxmal okrugi deputati A.Rasulov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla aholisi faol qatnashdi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, moddiy yordam va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir masala alohida ko‘rib chiqilib, muammolarni joyida o‘rganish hamda tezkor hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining dardini tinglash, muammolarni manzilli hal etish va davlat organlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5