Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

        Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rgandi.

        Hududda aholi farovonligini oshirish va mavsumiy tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati M.Ergashev Zafarobod mahalla fuqarolar yig‘inining mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi murojaatlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

       Shuningdek, deputat mahallada joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot punkti kabi ijtimoiy soha obyektlarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. Issiqlik tizimlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, energiya tejamkor uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

       Uchrashuv davomida 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tshkilotida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘sh yer maydonlariga turli xil manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Slide 1 of 7