Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq bilan yuzma-yuz muloqot

 Yurtimizda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish va ularni tizimli hal etish
borasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etmoqda. Ana shu jarayonda xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashiga 4-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Atajonova Xakimaxon Abdusattorovna o‘zi saylangan hududda bo‘lib, xonadonma-xonadon yurish orqali fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida aholi vakillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

Shuningdek, deputat hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mahalla ko‘chalarini tartibga
keltirish, ariqlarni tozalash, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Bu boradagi ishlarni jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolar bilan muloqot jarayonida davlatimiz tomonidan aholining turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. Deputat tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday ochiq va bevosita muloqotlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5