Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI 

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYo bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Nazorat jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, markazga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ochiqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3