Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Tumandagi Ittifoq mahallasida muammolar o‘rganildi va tadbirkorlik faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Quva tumani Mustaqillik mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ramazon — mehr va saxovat oyi

Ramazon — mehr va saxovat oyi

Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani bo‘ylab ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy yordam tadbirlari amalga oshirilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda. Bu yordam oddiy raqam emas u ko'plab xonаdonlar uchun yengillik, ishonch va dalda demakdir.

Muqaddas Ramazon oyida hududda og‘ir ahvolda bo‘lgan, jarrohlik amaliyoti hamda tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus vaucherlar topshirilmoqda.

Vaucherlarni topshirish jarayonida Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman kengashi deputati X Artiqo'v bemorlar va ularning yaqinlari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hamda yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Mazkur xayrli tashabbus inson qadrini ulug‘lash, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1