Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
15-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat — Saitmurodov O‘ktam Nayman mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

15-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat — Saitmurodov O‘ktam Nayman mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati atroflicha o‘rganildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida to‘lash masalalari muhokama qilindi.

Mahalla oqsoqollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda:

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirish shaffofligi,

nafaqa va yordam pullarini adolatli taqsimlash,

murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish,

ijtimoiy xodim faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Aholi manfaati yo‘lidagi bunday o‘rganishlar va amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3