Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat kengashi deputati N.Soatov hamda tuman kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo’yicha PQ-93-sonli qarori asosida Oqoltin tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar ijrosi yuzasidan Oqoltin tumani "Ko'rkam diyor" mahallasidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, ta’mirlarlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlar qurilish sifatini nazorat qilish, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash va aholiga yaratilayotgan qulayliklar darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, deputat mahalla faollari va pudratchi tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashib, qurilish jarayonida uchrayotgan muammolarni o‘rganib chiqdi hamda ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berdi.