Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘ninchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

✅ “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 1, 2, 3, 4, 9-maqsadlarda belgilangan vazifalar hamda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i (O.Gayimnazarov)ning hisoboti;

✅ Mahalliy byudjet parametrlarining 2025-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (B.Usmanov)ning hisoboti;

✅ Tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risida;

✅ “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 24-maqsadida tumanda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyaga olishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy Agentligining Boyovut tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori (I.Abduraxmonov)ning hisoboti;

✅ 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot-yili” hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i (X. Jo‘rabekov)ning hisoboti;

Slide 1 of 8