Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatning mahalla faollari bilan navbatdagi muloqoti
янв.21
Deputatlar dehqon bozoridagi sharoitlar va narx-navo holatini o‘rgandilar
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti kafolati
янв.21
Quva tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tojik mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar
янв.21
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari F.Abdurazzaqov, V.Soliyeva va J.Rasulovlar Safaxo‘ja mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar maktabdagi o‘quv jarayonlari, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hamda darslarning sifati bilan qiziqishdi. Maktab pedagogik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, bitiruvchi yoshlarni kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📌 Deputatlar tomonidan maktabda yaratilgan shart-sharoitlarga nisbatan ijobiy fikrlar bildirildi va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yosh avlodning barkamol yetishishi uchun o‘qituvchilar zimmasida ulkan mas’uliyat borligi ta’kidlandi.

Deputatlarning ta’lim muassasalariga muntazam tashrifi — bu tizimdagi dolzarb masalalarni joyida hal etish va yoshlar kelajagiga befarq emaslikning amaliy ifodasidir. 

Slide 1 of 3