Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadri ulug‘ligining ifodasi
янв.21
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Muammo amaliy yechim topmoqda

Avval xabar berilganidek, Kuyovboshi mahallasidagi I.Karimov, Ibn Sino, Temur, Al-Buxoriy, Malik va Nishona ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish uchun oqova suv yetib kelmayotgani yuzasidan murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilgan edi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga xabar berilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Ayni paytda aholi xonadonlariga suv yetkazib berishni ta’minlash maqsadida zarur yo‘nalishlarda ariq ochish va suv yo‘lini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar yakunlangach, ushbu hududda yashovchi fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati yaxshilanib, tez orada aholi xonadonlariga suv yetkazib berilishi kutilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijrosini nazorat qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1