Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadri ulug‘ligining ifodasi
янв.21
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
“Arslonboyli” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi

 Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi 

  

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati R. Uzaqov tomonidan Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati yuzasidan
ma’lumot berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 44 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Ularning 5 nafari I guruh, 39 nafari II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolardan iborat. Shuningdek, mahallada 8 nafar boquvchisini yo‘qotgan fuqaro mavjudligi qayd etildi. Uchrashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud ehtiyojlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda
ularni hal etish hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
  

Slide 1 of 3