35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalqobod mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: Imomtepa mahallasida amaliy ishlar
янв.21
Guliston mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: mahallada elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Hashar yo‘li bilan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati: mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
MAKTAB SPORT ZALI MASALASI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — aholi farovonligi va yangi imkoniyatlar omili

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish muhim vazifalardan biriga aylangan.

Bu boradagi amaliy ishlar Termiz shahrida ham izchil yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilmani shakllantirish, yangi faoliyat turlarini rivojlantirish va aholini daromadli mehnatga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda Termiz shahrida 6484 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda. Shaharda 2257 ta “Kambag‘al oila” mavjudligini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘rtacha hisobda har bir kambag‘al oilaga qariyb uchta kichik biznes subyekti to‘g‘ri keladi. Bu esa mavjud tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish orqali ehtiyojmand oilalar a’zolarini ish bilan ta’minlash, ularning daromadini oshirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish uchun katta imkoniyat mavjudligini ko‘rsatadi.

Asosiy maqsad — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish bilan bir qatorda, “Kambag‘al oila”dagi kamida bir nafar mehnatga layoqatli fuqaroning doimiy yoki barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdir. Bunday yondashuv oilalarning nafaqat bugungi ehtiyojlarini qoplash, balki kelgusida o‘z daromadini mustaqil shakllantirish imkoniyatini ham kengaytiradi.

Infratuzilma — tadbirkorlik rivojining muhim omili

Termiz shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun infratuzilmaviy sharoitlarni yaxshilash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Abdulla Avloniy”, “Jayxun” va “Bo‘ston” mahallalarini tutashtiruvchi At-Termiziy ko‘chasi zarur infratuzilma bilan ta’minlanishi natijasida mazkur hududda 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan 50 ta yangi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etildi.

Eng muhimi, ushbu loyihalar natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa hudud infratuzilmasini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida tadbirkorlikni kengaytirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va bandlikni ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda.

Mazkur uchta mahallada jami 724 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan, 400 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 324 ta yuridik korxona faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 1375 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.

Demak, mavjud tadbirkorlik subyektlari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va yangi tashkil etilayotgan savdo hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarini yagona tizim asosida kambag‘al oilalar bilan bog‘lash orqali minglab fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish imkoniyati mavjud.

Imtiyozli moliyaviy ko‘mak — yangi daromad manbai

Tadbirkorlikni rivojlantirishda moliyaviy ko‘makning o‘rni ham katta. O‘tgan 8 oy davomida daromadini oshirish maqsadida 153 nafar ro‘yxatda turuvchi fuqaroga 1 milliard 840 million so‘m miqdorida ssuda mablag‘lari ajratildi.

Jumladan:

86 nafar fuqaroga tikuvchilik faoliyati uchun 558,9 million so‘m;

8 nafar fuqaroga yuk va odam tashuvchi motosikllar xaridi uchun 216,4 million so‘m;

16 nafar fuqaroga noutbuk xaridi uchun 72 million so‘m;

43 nafar fuqaroga qandolatchilik, milliy shirinliklar va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 992,2 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Ushbu mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida 168 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 153 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi.

Bu raqamlar ortida esa oddiy statistik ko‘rsatkichlardan ko‘ra muhimroq natija — oilalarning o‘z mehnati va tadbirkorligi orqali barqaror daromad topish imkoniyatiga ega bo‘layotgani mujassam.

Tadbirkorlik — kambag‘allikni qisqartirishning samarali yo‘li

Bugungi kunda Termiz shahrida mavjud 6484 ta kichik biznes subyektini kambag‘al oilalar bilan samarali bog‘lash, ularni yangi ish o‘rinlari yaratishga rag‘batlantirish va ehtiyojmand oilalar a’zolarini mehnat bozoriga faol jalb etish dolzarb vazifalardan biridir.

Zero, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmasdan, fuqaroga barqaror daromad manbaini yaratib berish, uning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali uzoq muddatli natijaga erishishni nazarda tutadi.

Shu nuqtayi nazardan, har bir tadbirkorlik subyekti yangi ish o‘rni, har bir yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi esa qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, mahallalar kesimida tadbirkorlar va “Kambag‘al oila”lar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish oilalarni daromadli toifaga o‘tkazishning samarali mexanizmlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va tadbirkorlik tashabbuslari aholining iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish orqali “kambag‘allikdan — farovonlik sari” tamoyilini amaliy natijaga aylantirish mumkin.

Termiz shahrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, moliyaviy ko‘maklar, infratuzilmaviy imkoniyatlar va yangi ish o‘rinlari — avvalo, inson manfaatlari, oila farovonligi va hudud iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 1