35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TADBIRKOR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📈 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni kengaytirish va hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

🎯 Maqsad — yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni oshirish va aholi farovonligini ta’minlash.

Tadbirkorlik rivoji — hudud taraqqiyoti va yangi imkoniyatlar garovidir!

Slide 1 of 4