35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 13-bandida belgilangan vazifalarning ijrosi.
янв.21
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari o‘rganildi
янв.21
“Hurriyat” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish — muhim vazifa
янв.21
“Imomtepa” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasidagi muammolar e’tibordan chetda qolmaydi
янв.21
“Uyma-uy” loyihasi doirasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
“Oqtom” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, huquqiy tartib tushuntirildi

Qo‘qon shahridagi 14-“Qaymoqli guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini, Muqimiy ko‘chasi 12-uyda yashovchi fuqaro Xodjayev Muxtor Axmedovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyevaning shaxsiy qabulida bo‘lish masalasida yo‘llangan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida mahalla raisi M.Irmonov, ushbu hudud deputati J.Xusanov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov fuqaroning xonadoniga borib, uning murojaati bilan bog‘liq masalalarni atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganish davomida fuqaro M.Xodjayevning murojaati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, uni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaroga Oliy Majlis Senati Raisining fuqarolarni qabul qilish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni hamda Senatning ish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Fuqaroning murojaati yuzasidan mavjud tartib va imkoniyatlar tushuntirilib, masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5