Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bobolochin mahallasida zamonaviy mini stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
“Istiqlol” mahallasida yillar davomida kutilgan muammo amaliy yechim topmoqda
янв.21
“Sheroziy” mahallasida mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
“Yuksalish” mahallasida yangi transformator o‘rnatiladi
янв.21
“Imomtepa” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
“Yangi obod” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Cho‘kirli mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar “Neftchilar” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Yuksalish sari dadil qadamlar
янв.21
“Yuksalish” mahallasida yoshlar siyosati ijrosi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Bahor mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi

🅰Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi Sherobod tumanida amaliy ishlar bilan davom ettirilmoqda.

⚡️Har bir oila bilan individual ishlanmoqda

➡️Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo 'jaqiya saylov okrugi deputati, tuman hokimi Usmon Alimov boshchiligidagi ishchi guruh Bahor mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi, soha mutasaddilari va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mahalladagi ehtiyojmand oilalarning mavjud imkoniyatlarini ishga solish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

➡️Shundan so‘ng mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, oilalarning muammolari va imkoniyatlarini o‘rgandi. Har bir xonadon bo‘yicha alohida yondashuv asosida aniq chora-tadbirlar belgilanib, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

⚡️Maqsad — barqaror daromad manbaini yaratish

➡️Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kambag‘allikni qisqartirishda asosiy e’tibor aholiga shunchaki yordam berish emas, balki ularni ishli va daromadli qilish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanishga qaratilishi lozim.

⚡️Shu maqsadda Bahor mahallasida ham har bir ehtiyojmand oila uchun mavjud yer maydoni, mehnat salohiyati va tadbirkorlik imkoniyatlaridan kelib chiqib, daromadli loyihalarni amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

➡️Bu boradagi ishlar mahallada izchil davom ettirilib, asosiy maqsad — har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish va uning barqaror daromad manbasini shakllantirishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5