Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bobolochin mahallasida zamonaviy mini stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
“Istiqlol” mahallasida yillar davomida kutilgan muammo amaliy yechim topmoqda
янв.21
“Sheroziy” mahallasida mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
“Yuksalish” mahallasida yangi transformator o‘rnatiladi
янв.21
“Imomtepa” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
“Yangi obod” mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Cho‘kirli mahallasida yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Tuman hokimi, xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Farrux Xoliqov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatovlar “Neftchilar” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Yuksalish sari dadil qadamlar
янв.21
“Yuksalish” mahallasida yoshlar siyosati ijrosi o‘rganildi
“Eskishahar” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

Xavfsizlik — faqat huquqbuzarlikka munosabat emas, uning oldini olishdan boshlanadi

Termiz shahrida hududlarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev saylov okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektorining faoliyatini o‘rgandilar.

Mahalladagi jamoat xavfsizligi holati, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan ishlash, muammoli oilalar, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatga tushib qolgan fuqarolar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Bunda profilaktika ishlarini faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish bilan cheklab qo‘ymasdan, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldindan aniqlash, xavf guruhidagi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda muammolarning ildiziga yetib borish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.