35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Aholiga maishiy va savdo xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili: maktablarda tayyorgarlik qay darajada?
янв.21
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
Bobolochin mahallasida zamonaviy ministadion barpo etilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaning 23-bandi — Aholi bandligi masalalari  bo‘yicha "Yangiobod" mahallasida maishiy xizmat sohasini rivojlantirish doirasidagi loyihalar o‘rganildi.
янв.21
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  4-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
MUAMMOGA AMALIY YECHIM TOMON QADAM

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan o‘z hududidagi “Oq oltin” MFYda olib borilgan navbatdagi o‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan muammolar ham atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Paxlavon 3-tor ko‘chasida kanalizatsiya quvurining nosoz holatga kelgani aniqlandi. Mazkur holat hudud aholisi uchun ma’lum noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani sababli, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat F.Mamajonov tashabbusi bilan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni o‘rganish hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Kanalizatsiya tizimidagi nosozlikni bartaraf etish, quvurlarni ta’mirlash va zarur hollarda yangilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan kelishib olindi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, olib boriladigan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4