35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oqtom” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
72-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
янв.21
“Mehrobod” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Gultepa” mahallasida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Gultepa” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘quvchilar uchun zamonaviy sport maydonchasi barpo etilmoqda
янв.21
Pedagogning huquq va qonuniy manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
Tuman hokimi va Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
“MADAD” NNT bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

BOG‘IOBODDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, 6-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Sherpo‘lat Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Otabek Tursunov Sherobod tumanining Bog‘iobod mahallasida fuqarolar hamda ko‘chaboshilar murojaatlarini birgalikda o‘rgandilar.

O‘rganish davomida mahallaning Ko‘kto‘sh qishlog‘idagi podstansiyani ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, «Yangi O‘zbekiston» qiyofasidagi mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida tegishli mas’ullar va mahalla faollari ham ishtirok etdi.

Aniqlangan masalalarni hal etish, xususan, Ko‘kto‘sh qishlog‘idagi podstansiyani ta’mirlash va elektr ta’minotini yaxshilash ishlari nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 7