🔰Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 18-оkrug deputati F.Rajapova tomonidan ommaviy qabul davomida Ramadan mahallasida yashovchi Y.Umrzoqovaning murojaati o‘rganildi.
📌 Murojaatchi I guruh nogironi bo‘lib, 7 yildan buyon yotoq holatida ekani, sog‘lig‘ini tiklash maqsadida Hindistonda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moddiy yordamga ehtiyoj borligini bildirdi.
📝 Deputat tomonidan murojaatchining holati atroflicha o‘rganilib, zarur hujjatlar va mavjud imkoniyatlar doirasida masalani hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi rejalashtirildi.