#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil ma'lumot taqdim etildi
📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
🗣 Mazkur javobda deputatlik so‘rovida ko‘rsatilgan masalalar mutasaddi tashkilotlar mas’ullari tomonidan Uchtepa tumani Birlik mahallasidagi 3A-, 4A- va 5A-sonli ko‘p qavatli uylar orqa qismidagi piyodalar yo‘lagi bo‘ylab joylashgan daraxtlar holati joyiga chiqib o‘rganilganligi;
✍️ o‘rganish davomida ayrim daraxtlarning shox-shabbalari tartibsiz o‘sgani, qurigan hamda piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgan shoxlar mavjudligi aniqlanganligi;
✍️ mazkur holat yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilib, daraxtlarning qurigan va piyodalar harakatiga xalaqit berayotgan shox-shabbalari sanitariya kesimidan o‘tkazilib, daraxtlarga belgilangan agrotexnik talablar asosida shakl berilganligi hamda hudud tartibga keltirilganligi batafsil qayd etilgan.
📈 Shuningdek, hududdagi daraxtlarni kelgusida muntazam parvarishlash va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilganligi ham ta'kidlangan.