35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Farmon ijrosi — joylardagi amaliy ishlar misolida o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat faoliyati va mahalla "yettiligi" bilan hamkorlik o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor va nazorat markazida
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
янв.21
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  4-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Yangi o‘quv yili: maktablarda tayyorgarlik qay darajada?
янв.21
Arzon narxlar, sifatli mahsulotlar — bayram yarmarkasida
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
36-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI TA’MIRLASH JARAYONI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan deputat M.Mirzayev hamrohligida saylov okrugi hududidagi 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, obyektda yaratilayotgan sharoitlar hamda ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ–595-son Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, qonunning 4-moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplaridan biri sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun ularning rivojlanish xususiyatlari hamda sog‘lig‘i holatiga mos shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

Shuningdek, qonunning 3-moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlash, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi hamda xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmuini nazarda tutishi belgilangan.

Shu jihatdan, mukammal ta’mirlash jarayonini o‘rganish davomida binoning umumiy holati bilan bir qatorda bolalar xavfsizligi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, isitish, suv ta’minoti, elektr tizimi hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur Qonunning 13-moddasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlashi hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, deputatlik nazorati doirasidagi mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining natijadorligini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda kelgusida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish, qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7