#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi
ELEKTR TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
📊 Uchtepa tumanining Diyorobod mahallasida joylashgan TP-6107 2-bo‘limida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan elektr ta’minotini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
⚡️ O‘rganish davomida 3931-sonli transformator punktida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari, elektr tarmoqlarining texnik holati hamda mavsumga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga mas’ul xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
💼 Nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov va bosh mutaxassis Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.
📈 O‘rganish yakunida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.